Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi qaysi oliygohlarda kechki ta’lim shakli bor?

Savol:

– Viloyatimizdagi qaysi oliygohlarda kechki ta’lim shaklida o‘qish mumkin va ro‘yxatdan o‘tish qachondan boshlanadi?

Z.Raimov,

Past Darg‘om tumani.

Javob:

– Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida kechki ta’lim shakli mavjud. Bu ta’lim shaklida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va bu jarayon 15 iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur ta’lim shakli bo‘yicha yangi o‘quv yili uchun Samarqand davlat universitetiga 260 nafar va Samarqand davlat chet tillar institutiga 90 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi. 

Nosir Eshonqulov,

Davlat test markazining

Samarqand viloyat bo‘limi rahbari.