Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik davlat xizmatchilari mukofotlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Kurbanova Narxal – Paxtachi tumanidagi «G‘allakor» fermer xo‘jaligi boshlig‘i.

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Boyzaqov Saydulla – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Payariq tumani Kengashi raisining o‘rinbosari.

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdulloyev Kamol Talatovich – Samarqand shahridagi «SAM ANTEP GILAM» qo‘shma korxonasi direktori.

Marupov Baxtiyor Maxmudovich – Toyloq tumanidagi «Siyob Shavkat Orzu» fermer xo‘jaligi boshlig‘i.

 

 «Do‘stlik» ordeni bilan

Djalolov Shavkat Amonovich – «Agromir group» assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi.

Usmonov Otabek Alimjanovich – Samarqand tumanidagi «Mirankul Group» xususiy korxonasi bosh direktori.

 

 «Jasorat» medali bilan

Toxirova Gulsora Baxriyevna – Urgut tumanidagi hunarmand-tikuvchi.

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullayev Ahror Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialidagi boshlang‘ich tashkiloti a’zosi.

 

 «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Kobilov Rustam Rajabboyevich – Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

Li Gera Fedorovich – Samarqand shahridagi «O‘zbektelekom Interneyshnl» qo‘shma korxonasi bosh direktori.

Sobirov Kayum Xamrayevich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Turdiyev Mamatjon Mukumovich – Urgut tumani hokimi.

 

«Shuhrat» medali bilan

(100 yoshdan oshganlar)

Raxmatova Buston – Narpay tumani.

 

«Shuhrat» medali bilan

Axrarov Aziz Azimovich – Samarqand shahridagi «SAMARKAND APPAREL» xorijiy korxonasi bosh direktori.

Ibragimova Manzura Abdujabbarovna – Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi.

Murodullayev Komiljon Zubaydullayevich – Oqdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi.

Nazaryan Armida Rubenovna – Samarqand shahridagi «El merosi Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati ilmiy rahbari (gid-tarjimon).

Sadikov Suxrob Davronovich – Samarqand shahridagi «Faberinform» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.

Samatov Azamat Orzikulovich – «Registon» ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi direktorining o‘rinbosari.

Xayitmurodova Gulchera Mavlanovna – Narpay tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi.