Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shahar yo‘lovchi transportida nimalarni bepul tashish mumkin?

Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali shahar yo‘lovchilar transportida quyidagilarni tashish bepul amalga oshiriladi, deb ma’lumot berdi:

— hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kg dan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini va musiqa asbobini;

— 150 sm gacha uzunlikdagi buyumlarni;

— qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni;

— aravachani (bolalar, nogironlar va boshqalarning aravachalarini);

— mayda bog‘dorchilik inventarini;

— bolalar chanalarini.

Shuningdek, yo‘lovchilar o‘zlari bilan birgalikda yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarini bepul olib yurish huquqiga ega.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘l haqi tashib keltirilgan yo‘lovchi va bagaj sonidan qat’i nazar taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi.