Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sherzod Shermatov: “Farzandingizni Prezident maktablarida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang”

“Prezident maktablarida qabul va ta’lim jarayoni Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan hamkorlikda olib borilishini inobatga olib, ingliz tili o‘rganishning muhimligi haqida eslatib o‘tmoqchiman”, – dedi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida.

Vazir hali imtihonlarning qanday o‘tishi haqida ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgandan keyin batafsil e’lon qilinishi, ingliz tilini o‘rganishni esa hozirdan boshlash kerakligini aytgan. Shuningdek, Prezident maktablariga o‘quvchilar birinchi yilda 5-10-sinflarga qabul qilinishini inobatga olib, aynan shu o‘quv yilida ushbu maktablarga kirishga imkoniyat ko‘proq bo‘lishi hamda keyingi yillardan esa qabul faqat 5-sinfdan ekani haqida ma’lumot berilgan.

"Bu maktablar qobiliyatli farzandlarimiz uchun o‘ziga xos ijtimoiy lift vazifasini o‘taydi, chunki bu kabi sharoitda o‘qigan oddiy oilaning farzandiga kelajakda katta imkoniyat eshiklari ochiladi. Shuningdek, bu maktablarga kira olmagan taqdirda ham farzandingizning ingliz tilini bilishi uning kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga jiddiy turtki bo‘ladi", – deydi Sherzod Shermatov.