Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shogird so‘zi

“Ustoz – otangdek ulug‘”
Xalq naqli

Sizga bo‘lsin ta’zim, sizga ehtirom,
Sizga aytarimiz - eng ezgu niyat.
Hayot yo‘limizni aylar charog‘on -
Chehrangizda balqqan nur - samimiyat.

Bo‘lmoq orzuimiz sizdek fidoyi,
Bunchalar xokisor, kamtar odamsiz?!
VATAN - OTA - ONA so‘zin yozdirib,
USTOZ deb bir bora yozdirmagansiz!

Biz bugun xursandmiz, yutuqlarimiz -
Sizning ko‘nglingizga baxsh etsa huzur.
Lekin yoshlikdagi sho‘xliklarimiz -
Bari-bari uchun so‘raymiz uzr.

Berdingiz hayotiy saboq ila dars,
Qancha e’zozlasak bo‘lur shuncha oz.
Shogird bu – Ustozdan uzilmagan qarz,
Xizmat bo‘lsa ayting, tayyormiz, Ustoz!

Ustozlar
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Siz bizlarga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.

Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb,
El ardoqlar, el suyar.

O‘z kasbiga sodiqlik –
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.

Ilmingiz ziyosidan -
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Sizga e’zoz yarashsa
Bizga xizmat yarashar.

Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba’zida
Kuyingansiz, tolgansiz.

“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin –
Namoyon etar ko‘zgu!

Siz aytganday, hur Vatan –
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon, mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!
Orif TO‘XTASh.