Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq boshqarmasi fuqarodan uzr so‘radi

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Zarnews.uz orqali internet foydalanuvchisi Sardorbek Usmonov murojaat yo‘llagandi. Ushbu fuqaroning “soliq inspeksiyasi kechqurun, saytda e’lon qilingan 20:00 gacha ishlamayapti” mazmunidagi e’tirozi o‘rganildi. Inspeksiya xodimlari mijozlar bilan yaxshi muomalada bo‘lishi lozimligi tushuntirildi va ushbu holatni takrorlanmaslik bo‘yicha ogohlantirildi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raymiz.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.