Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sportchilarimiz Yozgi universiadada 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Italiyaning Neapol shahrida bo‘lib o‘tgan XXX Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida ishtirok etgan mamlakatimiz sportchilari 112 davlat o‘rtasida 19 o‘rinni egalladi.

Jahonning eng kuchli 5971 nafar sportchilari sportning 18 turi bo‘yicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro kurashdi.

Delegatsiyamiz a’zolari Universiada o‘yinlarida jami 8 ta (2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza) medal jamg‘arib, Osiyo davlatlari ichida oltinchi, Markaziy Osiyoda esa eng yaxshi natija ko‘rsatishdi.

Joriy yilgi universiadada yetakchi bo‘lgan yaponiyalik sportchilar eng ko‘p 33 ta oltin, 21 ta kumush va 28 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  Rossiya va Xitoy terma jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinni band etishdi.

Tennis bo‘yicha H.Sultonov va S.Fayziyevlar ham juftlik bahslarida, ham  umumjamoa hisobida oltin medallarni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, taekvondochimiz N.Po‘latov (63 kg) va tennischimiz H.Sultonov yakkalik bahsida kumush medallarga ega chiqdi. Shuningdek, dzyudochilarimizdan D.Keldiyorova (52 kg), H.To‘rayev (73 kg), M.Xurramov (100 kg) hamda D.Bobonovlar mutlaq vaznda bronza medallari uchun bellashuvlarda g‘olib chiqishdi. 

Dilmurod TO‘XTAYEV.