Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ta’mirlash ishlari sabab ayrim tumanlarning elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Hurmatli samarqandliklar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, “Talimarjon” TESdagi PGU-3 470 mVtli blokda ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani sabab tizimda quvvat tanqisligi yuzaga kelmoqda. Shu bois viloyatimizning Paxtachi, Urgut, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Samarqand, Narpay va Bulung‘ur tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni paytda uzilishlarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.