Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Taniqli shoirlar, yozuvchilar va kinoijodkorlar Jomboyga keladi

Bugun - 8 apreldan Jomboy tumanidagi mavjud 56 ta maktabga shu paytgacha ta’lim sohasida ishlab, katta tajriba orttirgan va hozirda nafaqada bo‘lgan 305 nafar  o‘qituvchi jalb etilib, ular ishtirokida noan’anaviy darslar o‘tiladi. O‘quv yili oxirigacha davom etadigan bunday darslar tashkil etilishidan maqsad faxriy o‘qituvchilarning yillar davomida orttirgan tajribalarini o‘rganish, qo‘llash va ommalashtirishdan iborat.

Shuningdek, 20 apreldan boshlab tumandagi ta’lim dargohlarida O‘zbekiston xalq shoirlari, yozuvchilar, kinoijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etiladi.

Bu haqda Jomboy tumani hokimi U.Nazarov Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining "Ochiq muloqot" ko‘rsatuvida aytib o‘tdi.