Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanzila Norboyeva: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi islom olamidagi yetakchi markazlardan biriga aylanadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Camarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Senat raisi o‘zining Facebook’ sahifasida mazkur xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Markaz faoliyati bilan tanishar ekanmiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qisqa fursatda bunyod etilgan ushbu muassasa yaqin yillarda islom olamidagi yetakchi tadqiqot markazlaridan biriga aylanishiga yana bir karra ishonchim ortdi.

Markaz tadqiqotchilari va Hadis ilmi maktabi o‘quvchilari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu jarayonda ularning o‘rni qanday ekanligi xususida suhbat qildik".

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi 65-sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etib, nutq so‘zladi.