Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanzila Norboyeva Yaponiyada Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi

Tanzila Norboyeva Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yakunlar ekan, Soka universitetiga tashrif buyurib, mazkur o‘quv yurti hududida o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur tadbir doirasida Senat raisi universitet rektori Yo.Baba, vasiylik kengashi raisi Ya.Tashiro, talabalar va o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Uchrashuvda ta’lim soxasida hamkorlik, birgalikda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar, Yaponiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tajriba almashish istiqbollari muhokama etildi.
Soka universiteti o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbatlashish jarayonida T.Norboyeva buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoyning ijodi, madaniy-gumanitar sohada O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligining istiqbollari haqida so‘z yuritdi.
Talabalar buyuk shoirning she’rlarini o‘zbek tilida o‘qib berdi.