Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

30 sentyabr - Jaloliddin Rumiy tavallud topgan kun Tark aylama

Ey aziz do‘st, ko‘zlarim giryon, meni tark aylama,

Ketma, oy, mendan yiroq, osmon, meni tark aylama.

Ey zamin, poyimda tur, davron, meni tark aylama,

O‘zga olamga yurib, karvon, meni tark aylama.

Ko‘k aro sendan munavvardir ul mohi anvari,

Qo‘ldagi qutlug‘ asoying yo‘lda jonim rahbari.

Menki chavgonmen, nigohing olmagil mendin nari,

Qistama otingni, ey armon, meni tark aylama.

O‘zga olamga yurib, karvon, meni tark aylama.

Goh u yonu, goh bu yona talpinar lov-lov yonib,

Titragay ojiz bu tanda e’tiqod ham o‘rtanib.

Bo‘ldi kim sobit bu yo‘lda, kimdir iymondan tonib,

Dod etarmen yolvorib, iymon, meni tark aylama.

O‘zga olamga yurib, karvon, meni tark aylama.

Ey zamin, poyimda tur, davron, meni tark aylama,

O‘zga olamga yurib, karvon, meni tark aylama,

Jism aro jonsen hamisha, jon meni tark aylama.