Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Telegram‘da tarqalgan vahimali xabarning "qahramoni" qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Telegram’da maktab o‘quvchilarining ota-onalari ulashgan xabarlar yuzasidan chora ko‘rilgan.

Qayd qilinishicha, maktab o‘quvchilarining ota-onalari, ular huzurida o‘quvchilarning o‘zi va mahalliy aholi so‘roq qilingan va gumon qilinuvchi qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qo‘lga olingan. O‘quvchi-qizlardan biri uni tanigan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da maktab o‘quvchilarining onalari bir-biriga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotgani xabar qilingan edi.