Sohil bo‘yidagi ona

Ikki yigit sohil bo‘yida o‘tirib, kechki taom tanovul qilayotgan edi. Yonlariga kelib ovqat qoldiqlarini terib yeb yurgan bir kampirga ko‘zi tushdi.

Qari kampirdan:

— Qorningiz ochmi? — deya so‘rashdi. Kampir:

— Ertalabdan beri shu yerdaman, biron narsa yemadim. Meni bu yerga o‘g‘lim olib keldi. Birozdan so‘ng kelib olib ketishini aytdi, — dedi.

Kampirga yeguliklar berdilar. Tun cho‘kkach, narsalarini yig‘ishtirib ketishga tayyorgarlik ko‘rdilar. Vaqt allamahal bo‘lib qolgan, kampirni bir o‘zini tashlab ketish ham yaxshi emas. Yigitlardan biri:

— Sizda o‘g‘lingizni raqami bormi telefon qilsak. Kampir: 

— Ha, raqami yozilgan varaq bergan edi. 

Qog‘ozda: "Kim bu kampirni topib olsa uni qariyalar uyiga olib borsin", — deb yozilgan edi.

Yigitlar bundan dahshatga tushdilar. Kampirni o‘zlari bilan ketishini so‘rab bir soatcha yalinib-yolvordilar. Lekin kampir o‘g‘li olib ketishga va’da qilganini va hozir kelib qolishini aytib ularning taklifiga ko‘nmadi. Farzandidan xavotir ola boshladi.

Ikki o‘rtoq o‘g‘li kelib, olib ketishini behuda kutib o‘tirgan kampirni qoldirib, uyga qaytdi. Lekin ulardan biri uxlay olmadi. Kampirning qismati nima bo‘larkin, degan xayolda edi. Shartta o‘rnidan turdi, kiyindi va mashinasiga minib sohilga keldi.

Sohilda tez yordam mashinasi va zobitlar bor edi. Odamlar to‘planib turar edilar. Bechora kampirning jasadiga ko‘zi tushdi. O‘limining sababini so‘ragan edi:

— “Qon bosimining keskin ko‘tarilishi...", — degan javobni oldi.

Bu kampir farzandini o‘ylab xavotirlanganini, unga biron narsa bo‘ldimikin deya qattiq qo‘rquvidan o‘lib qolganini tushinib yetdi.