Turkiyaning restoranlaridan birida bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik ofitsiant ayol halok bo‘ldi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lim bo‘lishicha, 5 iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan, 35 yoshli ayol vatandoshimiz otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olgan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Halok bo‘lgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.