Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?

Bu tukli paxmoq modellar qanday qilib suratga tushishni biladi.

Har yili “Nikon Comedy Wildlife Awards” ko‘rik-tanloviga butun dunyodan minglab yovvoyi hayvonlarning kulgili fotosuratlari keladi2025 yilgi tanlovga ariza topshirganlar fotosuratlarini tomosha qiling, biz ularning bir nechtasini tanlab oldik.

Bir harakat qilib ko‘r-chi”, Bhargava Shrivari 

Ko‘plar “Arslonlar daraxtga chiqa olmaydi, bu ish ular uchun juda qiyin”, deydi. Bir tinib-tinchimas sher bolasi esa daraxtga chiqmoqchi bo‘ldi. Aytish kerakki, u buni uddasidan chiqdi. Akasi bor kuchi bilan unga yordam bersa-da, lekin o‘zi bu ishni takrorlashdan xavfsirayapti chog‘i...

“Qo‘ysangizchi oyi-i-i”, Mark Met-Kona 

Tanlovdagi boshqa arizalardan farqli o‘laroq, bu suratni ko‘rganingizda mehrdan tabassum qilgingiz keladi. Ona gorilla chaqalog‘ini erkalayotganini qarang-a.

King Kong haqidagi film chiqqanidan keyingi yaratilgan afsonalarga qaramay, gorillalar juda mehribon hayvonlar bo‘lib, ular hech qachon odamlarga yoki boshqa hayvonlarga birinchi bo‘lib hujum qilmaydi. Shu bilan birga, ular bolasiga uch yoshga to‘lgunga qadar g‘amxo‘rlik qilib, ularni qanot osti qilib yurishadi. Har bir onaning dasturiga o‘pish va allalab uxlatish kiradi.

...Sizni hech kim ko‘rmayotgandek kuling”, Emma Parker

Biz Erkalanayotgan baliq mem o‘rnini bosa oladigan kadrni topdik. Fotosuratchi Emma Parkerning o‘zi ham uning suratdagi modellari muhabbat og‘ushida emas, aksincha, kimningdir ustidan chin dildan kulishayotganiga amin.

- Bu ikki g‘iybatchi nima haqida gapiryapti ekan? Gap nimadaligini bilsam edi!”,  - yozadi muallif.

 

“Sakrash bo‘yicha navbatda kim oxirgi?”, Martin Shmid

Tartib-intizom bo‘yicha pingvinlarga teng keladigani yo‘q,  qator oxirida turganlar faqatgina o‘z navbati kelguncha suvga sakrashga jur’at eta olmasligi juda e’tiborli. Bu surat to‘satdan Antarktidadagi ekspeditsiya kemasidan olingan.

- Pingvinlar dengizga sakrash uchun tartibli navbatda turganga o‘xshardi, - deydi fotosurat muallifi Martin.

«Baxtiyor bug‘u», Jeremi Dyuvekot 

Uzoq ish kunidan keyingi juma oqshomi shunday ko‘rinishga ega. Hozir iyul oyi - yozning eng issiq pallasi, tashqari juda issiq, oldinda ikki kunlik dam olish kunlari... Fotosurat orqali go‘yo bu kiyikning “Tezda uyga, avval hammomga, keyin o‘tirib olib serial tomosha qilaman, ertaga esa tushlikkacha uxlayman, degan fikrlarini tushunib olish mumkin, shekilli.

- Bu kiyik yugurayotib to‘satdan mening yo‘limdan chiqib qoldi. Uni suratga tushirish uchun myenda faqat bitta imkoniyat bor edi va men undan foydalandim, -  o‘rtoqlashdi fotograf.

«Komandir», Rashel Makintosh

Kichkina kaltakesak tom ma’noda o‘zi hukmronlik qila oladigan qurbonini topdi. Yuzidagi ifodaga qaraganda, qo‘l ostidagisi unga umuman bo‘ysunishga qarshi emas.

- Lava kaltakesaki Galapagos dengiz iguanasini boshqarib, sayohatga jo‘nayapti. Iguananing ko‘zlariga qaraganda, mitti kaltakesak uning ruhini ham zabt etgan bo‘lishi mumkin, - deya izoh qoldirgan Rashel o‘z surati ostida.

«IKEA- pikeang kerak emas, bizda hammasi tabiiy», Brayan Hyempsted

Garchi uyingiz uya bo‘lsa ham, bu sizning hamma narsani uyga tashish” tamoyili asosida yashashingizga to‘sqinlik qilmaydi. Aftidan, yaqinda turmush qurib, ota-ona bo‘lishni o‘ylayotgan bu ikki mayna masalaga har tomonlama yondashyapti. Tuxum qo‘yishdan oldin ular barcha qo‘shnilarning hasadiga ulkan uya qurishdi. Fotosuratchi Brayanning “ijod”ida ta’mirlash ishlarining tugashi aks ettirilgan.

— Surat 2024 yilning 30 oktyabrida Janubiy Afrikadagi Kruger milliy bog‘ida olingan. Oddiy maynaning katta uya qurishiga qarang, — deb yozadi muallif surat tagxatiga.

Xo‘sh, qaysi surat sizga ko‘proq yoqdi?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.