Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston MTJning FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq U-19 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zlarini noprofessional tarzda tutganliklari uchun O‘FA Ijroqo‘mi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi.