Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi

Samarqandga uchishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratildi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK xabariga ko‘ra, qatnov raqami HY045. Toshkentdan soat 19:55 da uchiladi. Samarqandga qo‘nish – soat 20:50 da.

Chiptalarni aviakassalarda yoki aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali xarid qilish mumkin.