Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent viloyati hokimligi Bekobod shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan holat yuzasidan bayonot berdi

Bugun soat 09:30 larda Bekobod shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchining o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.

Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida, ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis qo‘yilgan.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat’iy nazorati ostida.

Mazkur holat buyicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli teshiruv ishlari olib borilmokda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.