Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent viloyatida 39 yo‘lovchisi bor avtobuslar to‘qnashib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

2019 yilning 8 noyabr kuni soat 07:15 lar atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, “Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l“ yo‘nalishida harakatlanayotgan “Isuzi“ markali, davlat raqami 10 V 328 OA bo‘lgan avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan, davlat raqami 10 830 JBA bo‘lgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ularning yaqinlariga xabar berilgan. Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Vaziyat huquq-tartibot idoralari nazoratiga olingan.