Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentdagi sanoat yarmarkasida Samarqandning 40 ta korxonasi 32 milliard so‘mlik shartnoma imzoladi

Joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan mazkur yarmarka yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash, sifatli butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda ularning hamkorligini oshirish, shuningdek, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni keng jalb qilishga qaratildi.

Mazkur yarmarkada Samarqand viloyatidan 40 ta sanoat korxonasi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, xomashyo va tayyor mahsulotlar xarid qilish, sotish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yuzasidan 32,2 milliard so‘mlik shartnomalar imzolashdi.

Viloyatning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyo, butlovchi qismlar, texnologiya va jihozlar ro‘yxati aniqlandi. Mahalliylashtirish dasturiga qo‘shimcha 8 ta import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar 17 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

O‘.XUDOYBERDIYEV.