Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Qurilish texnikalari, texnologiyalari va materiallari sanoat yarmarkasi - “Build Pro Expo 2022” ko‘rgazmasi press-relizi

9-10 mart kunlari Jomboy tumani Dehqonobod qishlog‘ida joylashgan “SOF EXPO SAMARKAND” majmuasida “Qurilish texnikalari, texnologiyalari va materiallari sanoat yarmarkasi - “Build Pro Expo 2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlarda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va qurilish sohasiga xizmat qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etadi:
• qurilish texnikalari;
• qurilish konstruksiyalari;
• qurilish materiallari;
• qurilish asbob-uskunalari;
• landshaft va ko‘kalamlashtirish;
• derazalar, eshiklar, fasadlar;
• arxitektura va dizayn;
• qurilish sohasidagi ilmiy ishlanmalar, startaplar.

Shu bilan birga, ko‘rgazmada qurilish sohasiga xizmat ko‘rsatadigan o‘quv kurslari, bank va lizing muassasalari ishtirok etadi.

Ko‘rgazma 9-10 mart kunlari soat 09.00 dan 19.00 gacha namoyishlarni tashkil etadi.

Ko‘rgazmaning rasmiy ochilish tadbirlari 9 mart soat 14.00 da boshlanadi.

Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi telefon raqamlari: 97 919 31 17; 55 705 07 05.