Yarmarkada 19 ta korxona arzon narxda 6100 donadan ortiq tayyor mahsulot sotdi
- 19.10.2020 22:35
- 184
- Samarqand

Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasida shaharda faoliyat yuritayotgan 5 ta, Urgut tumanidagi 10 ta, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlaridan bittadan va Jomboy tumanidan ikkita korxona tomonidan 15 turga yaqin mahsulotlar keltirildi. Jumladan, yarmarkada bolalar sport oyoq kiyimlari, gilam, trikotaj mahsulotlar, charm-poyabzal, elektr lampalarga qiziqish yuqori bo‘ldi.
Yarmarkada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan 19 ta korxona tomonidan 6100 donadan ortiq tayyor mahsulotlar bozor narxidan 15-20 foiz arzon narxlarda aholiga sotildi.
Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Munosabat o‘rnida
- 3 soat avval
- Samarqand
Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- Bugun, 15:10
- Samarqand
Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi
- Bugun, 14:19
- Xorij