Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch elak

Bir kishi Suqrotdan so‘radi:

-Bilasanmi, do‘sting sen to‘g‘ringda nimalar dedi?

-Shoshma, sabr qil, - to‘xtatdi uni Suqrot, - Aytmoqchi bo‘lganingni avval uch elakdan o‘tkazgin.

-Uch elakdan?

-Ha, avval haqiqat elagidan. Aytmoqchi bo‘lganing haqiqatligiga ishonasanmi?

-Yo‘q, men buni faqat eshitdim.

-Demak, sen bu to‘g‘rimi yoki yo‘qmi bilmaysan. Unda ikkinchi elakdan o‘tkaz – ezgulik elagidan. Sen do‘stim to‘g‘risida nimadir yomon gap aytmoqchisan, lekin buning to‘g‘riligiga hatto o‘zing ham ishonmaysan. Uchinchi – foyda elagini sinab ko‘raylik. Sen aytib bermoqchi bo‘lganing menga shunchalik ham muhimmi?

-Bilmayman. Senga zarur bo‘lmasa kerak.

-Shunday ekan, - xulosa qildi Suqrot. – Sen menga aytmoqchi bo‘lgan narsalarda na haqiqat, na ezgulik, na foyda bor. Demak, gapirishingga hojat yo‘q.

“Hikmatlar javohiri” kitobidan.