Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Universitetda onlayn tarzda xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi

2020 yilning 14-15 may kunlari Samarqand davlat universitetida “Innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, fan va boshqaruv sohalarida qo‘llash istiqbollari” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada, turli tizimlarda algoritmizatsiyalash, modellashtirish, tafakkurli texnologiyalar, muhandislik matematikasi hamda ta’lim, fan va boshqarish tizimlarida axborotlashtirish, o‘rgatuvchi texnologiyalar, elektron resurslar kabi masalalar keng muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti rektori professor R.Xolmurodov, Isroil davlati Xolon texnologiya instituti prezidenti, professor E.Yakubov, Belarus milliy texnika universiteti professori  I.Gancherenok va boshqalarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiyaga xorijning 10 dan ortiq davlatlari va respublikamizdan 200 ga yaqin ma’ruzalar qabul qilindi. Konferensiya ishida Isroil, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda respublikamizdan yuzdan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiyaning sho‘’ba yig‘ilishlarida 100 dan ortiq ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Isroil davlati Xolon texnologiya institutining robotexnika sohasidagi yutuqlari taqdimoti ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Abdusattor BOBOYoROV.