Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut bozorida qalbaki dollar sotayotgan "valyutchik" qo‘lga tushdi

Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Urgut savdo kompleksi” darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2.300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.