“Qora bozor”dagi valyutafurush
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Urgut tumani bo‘limi xodimlari tomonidan shu yil 23 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorij valyutasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi J.Abrorov (ism, familiyalar shartli) ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
U Urgut shahar Islom Karimov ko‘chasidagi go‘sht do‘koni yonida tadbirga jalb qilingan fuqaroga har bir AQSh dollarini 9580 so‘mdan hisoblab, 1000 AQSh dolarini milliy valyuta - so‘mga ayirboshlayotgan vaqtida ushlanib, 1050 AQSh dollari va 160 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
J.Abrorov 2019 yilda ham xorij valyutasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosiga tortilgan.
Bu gal endi unga Jinoyat kodeksining 177-moddasi, 1 qismiga asosan tegishli jazo tayinlandi.
G‘ayrat USMONOV,
viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.