Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Voyaga yetmaganlar e’tibordan chetdamas

Narpay tumani madaniyat bo‘limi, yoshlar ittifoqi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman bo‘limlari hamkorligida Oqtosh kommunal va qurilish xo‘jaligi kasb-hunar kollejida “Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyat - huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda 56 ta mahalla mutaxassislari, psixologlar, korxona va ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, 5 ta muhim tashabbus, aholi orasida psixologik suhbatlar o‘tkazish asoslari va muammolarini o‘rganishda o‘ziga xos jihatlar haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular tuman madaniyat markazlarida tashkil etilgan barcha musiqa va fan to‘garaklariga taklif etildi.

Seminar yakunida tuman san’atkorlari hamda ijodiy jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.

Xurshid GADOYeV.