Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro iste’molchilar tashkiloti prezidenti va forum ishtirokchilari Samarqandga keldi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro forum haqida avval ham xabar bergan edik.

Bugun, 16 yanvar kuni dunyoning 32 davlatidan tashrif buyurgan forum ishtirokchilari Samarqand shahriga yetib keldi. Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng mehmonlarni Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov qabul qildi.

Uchrashuvda taraflar turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda nafaqat federatsiya, balki viloyat hokimligi ham qarab turmasligini J.O‘roqov ta’kidlab o‘tdi. Xalqaro Iste’molchilar tashkiloti (Consumers Intemational) prezidenti Marimutu Nadason Samarqandning salobatidan hayratda ekanini yashirmadi.

Kelajakda bunday ishlar davom etishiga omad tiladi. Shu bilan birgalikda xalqaro forum ishtirokchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalariga sayohat uyushtirdi.

Sherzod XALILOV.