Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xizmat itlari harbiy ob’yektlarni qo‘riqlashga va blok-postlardagi xizmatga jalb qilinmoqda

Markaziy harbiy okrugining Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonlarida 30 ga yaqin xizmat itlari uchun kichik pitomniklar barpo etilgan. Okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat itlari iz va mina qidiruv hamda qorovullik-qo‘riqlov xizmatiga safarbar etiladi.

Xizmat itlari bilan ertalab va kunning ikkinchi yarmida 2 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Kinolog boshqa okrugga yoki harbiy qismga xizmat zaruriyatiga ko‘ra ko‘chsa, xizmat it ham harbiy xizmatchi bilan yuboriladi. 

Har yili an’anaviy tarzda mudofaa vazirligi miqyosida kinologlar chempionati o‘tkaziladi. 2020 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or mutaxassis–kinolog” ko‘rik-tanlovida okrug sharafini oddiy askar Mirjalol To‘ramurodov “Seam” va Doston Qodirov “Vega” hamda Bekzod Abdulboqiyev “Groy” laqabli xizmat itlari bilan munosib himoya qilib, sovrindor bo‘ldi.

Odatda, xizmat itlarini asosiy qismi mashg‘ulotlarga va harbiy ob’yektlarni qo‘riqlashga jalb qilinar edi. Karantin tadbirlari sabab endilikda xizmat itlari kechqurun, ko‘rinishi yomon bo‘lgan (tuman) vaqtlarda, zaruriyat bo‘lganda kunning istalgan paytida blok-postlarga jalb qilinmoqda.

Markaziy harbiy okrug axborot xizmati.