Yangi o‘quv yiliga to‘lov-kontrakt narxlari e’lon qilindi
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tyelegram kanalida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra:
Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
- Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
- Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m)
Izoh: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so‘m etib belgilangan.