Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi?

Bu qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi va qonunning e’tiborga molik jihatlari nimadan iboratligi xususida Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Alimova qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega ekanligini ta’kidladi va bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinishiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik jabrlanuvchisi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda uning ish joyi va maoshi saqlab qolishiga alohida urg‘u berildi.

Gavhar Alimova suhbat davomida birgina Samarqand viloyatining o‘zida 600 nafardan ortiq ichkilikka ruju qo‘ygan va ayoliga, farzandlariga tazyiq o‘tkazuvchi erkaklar ro‘yxatga olinganini qayd etdi. Ba’zi joylarda ayollar muammoni ochishdan va eriga chora ko‘rishni so‘rab, murojaat qilishdan cho‘chishlarini afsus bilan tilga oldi.

Samarqand viloyati xotin-qizlar raisining so‘zlariga ko‘ra, 8 oy ichida Samarqanddagi markazlarga 500 yaqin xotin-qizlar ayollar murojaat qilgan. Ulardan 111 nafariga psixologik yordam, 94 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilgan 80 nafardan ortig‘i ish bilan ta’minlangan va ularga kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, "Oilalar uchinchi shaxs qaynona, qaynisingil hattoki xola va ammalar aralashishi oqibatida oilalar buzilayotganini va ularga boshqa kishilar tarafidan ruhiy zarbalar berilayotganini, erkaklar ham oiladagi uchinchi shaxslar, bundan keyin o‘ylab muomila qilishadi. Buning uchun biz huquqiy targ‘ibotni kuchaytirishimiz kerak. Bunday fuqarolar bilan ishlab, ma’naviy saviyasini oshirishga juda katta e’tibor qaratishimiz kerak”, - deya ta’kidlagan Gavhar Alimova.