Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yilning iliq davrida ish beruvchi havo haroratini ta’minlashi shartligini bilasizmi?

Tashkilotlarda ish joylarida (xizmat xonasi) yilning iliq davrida ish beruvchi quyidagilardan yuqori bo‘lmagan havo haroratini va havoning nisbiy namligini ta’minlashi shart:

- yengil toifadagi ishlarda 31ºS dan, havoning nisbiy namligi esa 40-60 foizdan;

- o‘rtacha og‘ir toifadagi ishlarda 29ºS dan, havoning nisbiy namligi esa 40-60 foizdan;

- og‘ir toifadagi ishlarda 27 ºS dan, havoning nisbiy namligi esa 40-60 foizdan.

Bunda:

- yilning iliq davri – bu o‘rtacha kunlik tashqi havo harorati +10ºS dan yuqori bo‘lgan yil davri;

- ishlarning toifasi – bu organizmning umumiy energiya sarfiga asoslangan holda ishlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha ajratish;

- yengil ishlar – bu o‘tirgan holda bajariladigan va jismoniy kuch talab qilmaydigan, shuningdek, o‘tirish, tik turish yoki yurish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy kuch talab qiladigan ishlardir;

- o‘rtacha og‘irlikdagi ishlar – bu yurgan, tik turgan yoki o‘tirgan holatda mayda mahsulot yoki buyumlarni (1 kg gacha) tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy kuch talab qiladigan, shuningdek tik turgan holda bajariladigan, yurish va uncha katta bo‘lmagan og‘irlikdagi (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy kuch talab qiladigan ishlardir;

- og‘ir ishlar – bu doimiy ravishda harakat qilish, katta og‘irlikdagi (10 kg dan ortiq) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va katta jismoniy kuch talab qiladigan ishlardir.