Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yoshlar kelajagiga nima tahdid solyapti?

Samarqand xalqaro aeroportida “Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Viloyat davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar boshqarmalari, viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning taraqqiyoti terrorizmni targ‘ib qiluvchi guruhlar tomonidan yoshlar ongiga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirayotgani xususida so‘z bordi. Ayniqsa, ayrim yoshlarning ilmsizligi tufayli bilib-bilmay turli yot oqimlarga qo‘shilib ketayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda adashganlarning ayanchli qismati aks ettirilgan “Nadomat” videofilmi namoyish etildi.