Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yoshlar qanoti” tuzilmalari faoliyati tanqid qilindi

Viloyat Yoshlar markazida “Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning roli” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat, tuman va shahar kengashlari mutasaddilari, viloyat kasb-hunar va xalq ta’limi boshqarmalari vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda joriy yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu jarayonlarda saylovchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham saylovda birinchi bor ishtirok etadigan yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.

Tadbirda partiya kengashlari tomonidan ilgari surilayotgan 5 yillik ustuvor yo‘nalishlar, bu yilgi jarayonlarning o‘tgan saylovlardan farqiga doir ma’ruzalari tinglandi. Partiyalar qoshidagi “Yoshlar qanoti” tuzilmalarining faoliyati tanqid qilindi.

Targ‘ibot doirasida siyosiy partiyalar dasturi aks etgan ko‘rgazma va videoroliklar namoyish etildi.

Shahnoza XOLIQOVA.