Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yozgi statsionar oromgohlarda 14440 nafar bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mo‘ljallanmoqda

Viloyat hokimligida 2019 yilning yoz mavsumida bolalarning yozgi dam olishini tashkil etish, oromgohlarni mavsumga tayyorlash va sog‘lomlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Muhokamada joriy yilda 23 ta statsionar turdagi oromgohlarda 14440 nafar shundan, 1-3-smenalarda 9630 nafar hamda qo‘shimcha 4-, 5-smenalarni tashkil etish hisobiga yana 4810 nafar bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mo‘ljallanayotganligi, shu maqsadda 4,3 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltirilishi qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari va mas’ullarga oromgohlarni mavsumga tayyorlash va sog‘lomlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.