Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 21 yanvar, №8) sonida o‘qing

20 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oliy Majlis Senatining birinchi majlislari bo‘lib o‘tdi. Majlislarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Gazetamizning bugungi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqini o‘qiysiz.

***

Keyingi bir haftada havo harorati kabi tabiiy gaz bosimi ham pasayib ketdi, elektr energiyasi yetkazib berishda tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Viloyatimizda ham bunday masalalar bilan kommunal xo‘jalik idoralariga, hokimliklarga murojaat qiluvchilar ko‘paydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham asosiy e’tibordagi, muhokamadagi mavzu shu: “Bu gazga choy qaynamaydi”, “Ikki oylik go‘dak sovqotib qoldi”, “Yana o‘tin va ko‘mirga o‘tamizmi?”, “Ko‘p qavatli uyga pechka qurib bo‘lmasa, uyni qanday isitamiz?”, “Deputatlar nega jim?”. Rost, hovlida yashaydiganlar o‘tin, ko‘mir yoqib, vaziyatdan chiqishga harakat qiladi. Ammo ko‘p qavatli uylarda yashovchilarga qiyin. Qolaversa, bir tonna ko‘mir 1 million 500 ming so‘m, 1 tonna o‘tin 2 million so‘m…

***

Samarqandlik sportchilar 2019 yilda 3604 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu kammi yo ko‘p? Davlatimiz rahbari g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarni sportga oshno etish, ularning sportning qaysidir turi bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash, buning uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida bajarilgan ishlar tahlilidan ko‘ngil to‘ladimi? Bu haqda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev fikrlarini o‘qiysiz.