Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda raqamli texnologiyalar bo‘yicha Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari namunali hududga aylantiriladi

2020-2022 yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish dasturiga asosan viloyatda 2022 yil yakuniga qadar 47 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.

Bu borada Nurobod tumani bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 9,9 milliard so‘mlik 21 ta loyiha, shundan 1,2 milliard so‘mi mahalliy byudjet, 8,7 milliard so‘mi ijrochi korxona va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xususan, 7 ta raqamli infratuzilma, 2 ta davlat boshqaruvi, 6 ta ijtimoiy soha, 1 ta kommunal xo‘jaligi, 1 ta qishloq xo‘jaligi, 2 ta sanoat va qurilish, 2 ta o‘qitish va malaka oshirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qo‘shrabot tumanida 2021 yilning I choragida umumiy qiymati 14,3 milliard so‘mlik 18 ta loyiha, shundan 312,6 million so‘mi mahalliy byudjet, 14 million so‘mi ijrochi korxona va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Jumladan, 5 ta raqamli infratuzilma, 3 ta davlat boshqaruvi, 4 ta ijtimoiy soha, 1 ta kommunal xo‘jaligi, 2 ta qishloq xo‘jaligi, 1 ta sanoat, 2 ta o‘qitish va malaka oshirish sohasida loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Nurobod tumani bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. Tumanda 1024 portli OLT qurilmasi o‘rnatilib, 4,4 kilometr optik tolali aloqa kabel yotqizilgan.

Yoqubjon Marqayev.