Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi
Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, 2019 yil 11 iyun kuni soat 14:00 da haydovchi R.M boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli 30 T 903 MA davlat belgili avtomashinani Payariq tumani “Choshtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4 K 505 avtomobil yo‘lining “Al-Buxoriy-Lazzat” yo‘nalishida boshqarib kelib, asosiy yo‘l hisoblangan 4 K 493 V Eshimoqsoqqa kirish avtomobil yo‘liga chiqib ketib, asosiy yo‘lda “Samarqand-Chelak” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi G.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan Gaz-322132 rusumli 30 V 147 SA davlat belgili avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi natijasida yo‘lovchilar B.M. va R.L hamda haydovchi G.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Shifoxonada ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kerakli muolajalar amalga oshirilgan.
F.Saidmurodov,
Payariq tuman IIB huzuridagi
tergov bo‘limi boshlig‘i.