Registon maydonida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi (foto)
Hozir Registon maydonidagi Sherdor madrasasi hovlisida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.
- Bu jarayon aslida 10 iyunda Toshkent shahrida boshlangan edi, - deydi festival direksiyasi ijrochi direktori Farhod Jo‘rayev. - Bu yilgi tadbirga musiqa va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 nafar talabalar orasidan 80 nafari tanlab olingan.
Tayyorgarlik jarayoni har kuni 09:00 dan 12:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha Registon maydonida davom etadi.
Boshqa paytlarda viloyat musiqa teatrida, San’at kolleji konsert zalida ham tayyorgarlik olib borishadi.