Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bank boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlarga qaramay ayrim mansabdor shaxslar hali-hamon nafsini jilovlay olmayapti.

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir ana shunday rahbarning korrupsion faoliyatini fosh etdi.

Qayd etilishicha, "Mikrokreditbank" Samarqand filiali rahbari, 1982 yilda tug‘ilgan B.H. Samarqand shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.

Tadbirkordan dastavval 4 ming AQSh dollari oladi. So‘ralgan pulning qolgan 6 ming dollarini olayotgan vaqtda esa poraxo‘r bank rahbari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Mening nafsim balodur, yonar o‘tga soladur", deb bejiz aytishmagan-da.