Samarqand tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbariga ma’muriy jazo qo‘llanildi. Nega?

Gap shundaki, “S.F.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Samarqand tumani elektr ta’minoti korxonasi faoliyati yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojat yo‘llangan.

O‘rganishda aniqlanishicha, jamiyatning 2026 yil 12 fevral kuni yuborgan murojaati amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan. Oqibatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari buzilgan.
Bundan tashqari, o‘rganish davomida “S.F.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga elektr energiyasi uchun hisoblangan 65,5 million so‘mlik qarzdorlik asossiz ekani aniqlanib, u hisobdan chiqarilgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli jazo chorasi qo‘llanilgan.