Samarqandda uch nafar hokim yordamchisi va tadbirkorga jinoyat ishi ochildi

Samarqand viloyati tumanlaridan birida fuqaro N.B. norasmiy ravishda bir nechta tadbirkorlik sub’yektlariga rahbarlik qilib kelib, hududdagi uchta mahalla hokim yordamchilari - H.R., G‘.S. va O.X. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi asosida ajratilgan juda ko‘p miqdordagi (1 mlrd. so‘m) imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan hokim yordamchilari va tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasi fuqarolarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi borasidagi ishlar muntazam o‘rganib borilayotgani va sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishidan ogohlantiradi.