Xitoy akvaparkidagi sun’iy to‘lqin natijasida 44 kishi jarohat oldi
- 03.08.2019 13:37
- 207
- Xorij

Yanbyan-Koreya avtonom viloyati Lunszin shahridagi akvapark basseynidagi sun’iy to‘lqin berilishi natijasida 44 kishi jarohat oldi.
Mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra, dam olish maskanidagi suv havzasida sun’iy to‘lqin berilishi bilan, suv bosimi ostida cho‘milayotganlar bir-biriga va hovuz devorlariga urilgan, deya xabar berdi RIA Novosti.
Hodisa natijasida ikki kishining qovurg‘asi yorilgan, bir kishini oyog‘ining pastki qismi singan va ikki kishining tanasi kuchli zarbdan ko‘karib ketgan. Bular hozirda shifoxonada, qolgan 39 kishi yengil tan jarohatlarini olishgan, ularga tez yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.
Dastlabki tergov surishtiruvlari shuni ko‘rsatdiki, hodisaning sababi, to‘lqin generatoriga juda ko‘p suv bosimi yetkazib berilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘z nomini o‘zgartirgan davlatlar
- Bugun, 18:09
- O'qing, qiziq!
Iqtisodiy tahlil: Paxtachi qanday o‘zgardi?
- Bugun, 17:08
- Iqtisodiyot
Bola bir nechta tilni bilishi kerakmi?
- Bugun, 14:33
- Ta’lim