Bilim va mahoratga tikilgan sarmoya kelajakka poydevor
Zamonaviy taʼlim, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik yoşlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Universitetning xalqaro nufuzi — yoşlar uçun yangi imkoniyatlar
Ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatlarda universitetlar faqat taʼlim beradigan maskan emas. Ular yangi ğoyalar tuğiladigan, ilmiy işlanmalar yaratiladigan, tadbirkorlik va işlab çiqariş rivojlanadigan muhim markazlar hisoblanadi.
Farmonda kamida önta oliy taʼlim taşkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning TOP-1000 talik röyxatiga kiritiş vazifasi belgilangan.
Bu oddiy raqam emas. Uning ortida universitetlarda taʼlim va ilm-fan sifatini oşiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, professor-öqituvçilarning salohiyatini rivojlantiriş kabi muhim vazifalar turibdi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarning yetakçi universitetlarida talabalar ilmiy izlanişlarda, startap loyihalarda, işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikdagi tadqiqotlarda faol qatnaşadi. Bunday muhit yoşlarning faqat nazariy bilim olişi emas, balki öz ğoyasini amaliy mahsulot yoki xizmatga aylantirişiga ham yordam beradi.
Şu bois xalqaro reytinglarda yuqori örinni egallaşning özi yakuniy maqsad bölmasligi kerak. Asosiy natija — universitetda taʼlim sifati oşişi, ilmiy işlanmalar köpayişi va bitiruvçilarning mehnat bozorida öz örnini topişidir.
Yoşlarimiz zamonaviy kasblarni egallasa, dunyo mehnat bozorida ham öz örnini topadi
Bundan yigirma yil avval ayrim kasblar haqida köpçilik tasavvurga ham ega emas edi. Bugun esa dasturçi, maʼlumotlar tahlilçisi, sunʼiy intellekt mutaxassisi, raqamli dizayner kabi kasblarga talab ortib bormoqda.
Endi tasavvur qiling, çekka bir qişloqda yaşovçi yoş xorijiy kompaniyaga dastur yaratib yoki raqamli xizmat körsatib, öz uyidan turib daromad topmoqda. Buning uçun u boşqa davlatga köçib ketişi şart emas. Eng zaruri — bilim, könikma, internet va mehnatsevarlik.
Farmonda ön million nafar yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qiliş vazifasi belgilangan. Singapurda «Kelajak könikmalari» tizimi insonlarga butun mehnat faoliyati davomida yangi kasb va könikmalarni egallaş imkoniyatini yaratişga xizmat qiladi.
Bu tajribalar şuni körsatadiki, zamonaviy kasbni egallaş faqat yoşlar uçun emas, balki öz sohasini yangilaşni istagan har qanday inson uçun muhim.
Bizda ham raqamli taʼlim dasturlarining samaradorligini ölçaşda öqiganlar soni bilan birga, ularning qança nafari işga joylaşgani, daromad topayotgani yoki öz faoliyatini boşlaganiga eʼtibor qaratiş maqsadga muvofiq.
Çunki raqamli bilimning haqiqiy qiymati uni hayotda qöllaş imkoniyatida namoyon böladi.
Özbek tili raqamli dunyoda ham munosib örin egallaşi kerak
Bugun texnologiyalar şiddat bilan rivojlanmoqda. Sunʼiy intellekt matn yozmoqda, savollarga javob bermoqda, turli tillardan tarjima qilmoqda, ovozli buyruqlarni bajarmoqda. Biroq bu imkoniyatlar barça tillarda bir xil darajada rivojlanmagan.
Farmonda özbek tilining raqamli muhitda ilm-fan va texnologiyalar tili sifatidagi mavqeini mustahkamlaş vazifasi belgilangan. Bu masalaning ahamiyatini oddiy bir misolda köriş mumkin. Tasavvur qiling, qişloqdagi fermer özbek tilida sunʼiy intellekt tizimiga savol beradi: «Pomidor bargi nega sarğaymoqda, qanday çoralar körişim kerak?» Yoki maktab öquvçisi murakkab matematik masalani öz ona tilida tuşuntirib berişni söraydi. Agar zamonaviy texnologiyalar özbek tilini puxta tuşunsa, bunday imkoniyatlardan foydalaniş ança qulaylaşadi.
YuNESKO tomonidan ilgari surilgan raqamli davrda köp tillilikni rivojlantiriş yondaşuvida ham tillarning raqamli platformalarda munosib ifodalanişi va til texnologiyalaridan teng foydalaniş imkoniyatlari muhim örin tutadi.
Demak, özbek tilining raqamli rivoji faqat tilşunoslar yoki dasturçilarning vazifasi emas. Bu — taʼlim, ilm-fan, iqtisodiyot va milliy madaniyat taraqqiyotiga bevosita daxldor masala.
Ona tilimizda sifatli elektron darsliklar, ilmiy maʼlumotlar bazalari, tarjima tizimlari va sunʼiy intellekt vositalarining rivojlanişi bilim oliş imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Bilimga berilgan sarmoya — kelajakka berilgan sarmoya
Yangi milliy dasturda belgilangan uşbu yettita vazifa bir-biri bilan uzviy boğliq.
Bola maktabgaça taʼlimda ilk könikmalarni egallaydi, maktabda bilimini mustahkamlaydi, texnikum yoki universitetda kasb örganadi, zamonaviy texnologiyalar yordamida öz imkoniyatlarini kengaytiradi. Keyinçalik ham yangi bilim va malakalarni özlaştirib boradi.
Bu uzluksiz jarayonning har bir bosqiçi insonning kelajakdagi muvaffaqiyatiga taʼsir körsatadi.
Şu bois taʼlimga yönaltirilayotgan mablağni oddiy xarajat sifatida emas, balki mamlakatning ertangi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzoq muddatli sarmoya sifatida baholaş kerak.
Eng muhimi, uşbu islohotlar natijasi odamlarning kundalik hayotida sezilişi zarur. Ota-ona farzandining sifatli taʼlim olayotganini körsin, yoşlar örgangan kasbi bilan iş topsin, tadbirkor öz korxonasiga malakali mutaxassisni bemalol jalb qila olsin, olimning ilmiy işlanmasi işlab çiqarişda amaliy natija bersin.
Zero, yer osti boyliklari bir kun tugaşi mumkin, ammo bilim va mahoratga tayangan jamiyatning imkoniyatlari tobora kengayib boraveradi. Bilimli avlodni tarbiyalaş — nafaqat taʼlim tizimining, balki butun mamlakat kelajagining eng muhim masalasidir.
Şahriyor Xolboyev,
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy filiali direktori, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori.
(Davomi bor)