Bitiruvchilarga davlat namunasidagi hujjatlar qanday tartibda taqdim etiladi?

2019-2020 o‘quv yili Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, diplom ishi himoyasi, magistrlik dissertatsiyasi himoyalari masofaviy raqamli texnologiyalar asosida o‘tkaziladi.
Umumta’lim maktablari bitiruvchilari Xalq ta’limi vazirining joriy yil 20 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilini yakunlash hamda o‘quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida istisno tariqasida 2019-2020 o‘quv yili bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmasdan yakunlanadi.
2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat na’munasidagi hujjatlar (shahodatnoma, attestat, sertifikat, diplom) elektron shaklda yetkazish choralari ko‘riladi.
Bunda hujjatlarning asl nusxalari hamda namunali xulq va a’lo baholar uchun oltin va kumush medallar karantin muddati tugagandan so‘ng, talab qilib olingunga qadar ta’lim muassasalarida saqlanishi ta’minlanadi.
G‘ayrat BOBOXOLOV,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i.