Ispring free qanday dastur?

 Dastur orqali foydalanuvchilar Flash - roliklar, YouTube - videoresurs-larni Power Point taqdimot slaydlariga joylashtirishi mumkin. Dasturning asosiy afzalligi shundaki, Power Point dasturida yaratilgan taqdimot fayli hajmini 97 foizgacha siqish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, bu dastur o‘quv kursini offlayn tarzda istalgan kompyuterda, android telefonlarida foydalanish uchun ilova dasturi ko‘rinishida saqlab beradi.
iSpring Free dasturini istalgan soha vakili internetdan tekin yuklab olish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturdan tashqari imkoniyati ko‘proq bo‘lgan iSpring Suite dasturi ham mavjud. Uning yordamida yuqori darajada sifatli elektron o‘quv qo‘llanmasi yaratish mumkin. Ya’ni, QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, iSpring Dialog Trainerda tarmoqlangan dialogli elektron kurslar, iSpring Visuals orqali esa 3D formatdagi kitoblar yaratish imkoni bor.

Jahongir TO‘RAYeV,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi o‘quvchisi.