Katta tezlikda harakatlangan «Nexia» 7 yoshli bolani urib yubordi. Bola kasalxonada halok bo‘lgan

3 iyul kuni soat 18:00 larda Samarqand tumani, «Jo‘yisoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida, haydovchi «Nexia-2» rusumli avtomobilida harakatlanib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.

Piyoda zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.