Narpayda 120 o‘rinli xususiy bog‘cha foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda tumanda bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 77 foizni tashkil qiladi. Bu natijani yanada yaxshilash uchun tumanda bir qator oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, kecha yana bir xususiy nodavlat MTT foydalanishga topshirildi. Amir Temur nomli mahalla hududida faoliyat boshlagan bu bog‘cha tadbirkor Sherbek Toshevning 2 milliard so‘mlik mablag‘i evaziga bunyod etildi.

120 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada 20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bog‘chada ingliz tili va karate to‘garagi ochildi.

"Yangi avlod" xususiy bolalar bog‘chasining ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va faol nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbirkor shu kuni yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Tuman hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 10 nafar farzandiga xatna to‘yi o‘tkazib berdi.

Narpay tumani hokimligi axborot xizmati.