Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqcha sensatsiya: kutubxonada gazeta yo‘q!

Bugun Payariq tumanida gazetalarning o‘z vaqtida obunachilarga yetkazilishini o‘rgangan muxbirimiz Abdug‘ofur Sherxolovning xabar berishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli axborot-resurs markazida 2019 yil uchun birorta ham nashrga obuna uyushtirilmagan.

- 4 mingdan ziyod kitobxonlarimiz bor, - deydi markaz rahbari Qandolat Boynazarova. - Ularning aksariyati “Xalq so‘zi”, “Zarafshon”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Payariq hayoti” va boshqa gazetalarni kunora so‘rab kelishadi. Ularga “yo‘q” deyishdan o‘zga chora topolmayapmiz. Buni xalq ta’limi bo‘limiga aytsak, aybni tuman moliya bo‘limiga to‘nkashadi. O‘zimiz obuna bo‘laylik desak, oyligimiz juda kam, ro‘zg‘ordan ortmaydi.